2 Noyabr 2024
322
Sablyachi qizlarimiz jamoaviy dasturda kumush medallarni qo‘lga kiritishdi
Sablya boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Koreya Respublikasining Pusan shahrida oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. Qizlar oʻrtasida kechgan musobaqaning jamoaviy yoʻnalishdagi bahslarida hamyurtlarimiz kumush medallarga ega chiqishdi.
Chorak finalda Tailand, yarim finalda Gonkong jamoalarini magʻlub etgan yurtdoshlarimiz finalda mezbonlarga 39:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bellashuvlarda Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Samira Shokirova hamda Ayakoz Jumamuratova yurtimiz sharafini himoya qildilar.
Eslatib oʻtamiz, kecha oʻtgan yakkalik dasturidagi bahslarda Gulistan Perdibayeva bronza medali sohibiga aylangan edi.