5 Iyul 2021 1556

Ixtiyor Navro‘zovni tabriklaymiz!

Bugun taniqli erkin kurashchimiz, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Ixtiyor Navro‘zov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ixtiyor Navro‘zov 1989 yil 5 iyul kuni Buxoroda tug‘ilgan. Navro‘zov faoliyati davomida Osiyo chempionati va Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatida bir necha bor shohsupaga ko‘tarilgan. Ayniqsa, 2016 yil Rio Olimpiadasida -65 kg vazn toifasida bronza medali uchun kechgan bahsda qo‘lga kiritgan ajoyib g‘alabasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu muvaffaqiyatlari evaziga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ixtiyor Navro‘zovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech