1 Noyabr 2024 404

Gulistan Perdibayeva - yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi sovrindori

Koreya Respublikasining Pusan shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogi bosqichi boshlandi. Bugun qizlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan musobaqada yakkalik yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Quvonarlisi, hamyurtimiz Gulistan Perdibayeva bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yarim finalgacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan Xanchjou-2022 yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi final ostonasida yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni xitoylik Simao Panga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va uchinchi oʻrinni egalladi. Endi qizlarimiz ertaga jamoaviy dasturda medallar uchun kurash olib borishadi.

Text to speech