13 nafar bokschimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida
Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi shu kunlarda Chernogoriyaning Budva shahrida tashkil etilayotgan jahon chempionatida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Ayni paytga kelib, barcha vazn toifalarida yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, 13 nafar hamyurtimiz ushbu bosqichga yetib kelib, barchalari kamida bronza medalini naqd qilishdi. Bugun ular final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilishadi. Juftliklar bilan tanishing:
-48 kg: Jasmin Tohirova - Nataliya Niyeviadomska (Polsha)
-70 kg: Oysha Toirova - Alimire Abudureyimu (Xitoy)
-81 kg: Ruxshona Parpiyeva - Nur Aslan Sude (Turkiya)
-48 kg: Sayfiddin Sobirov - Dias Berikbay (Qozog‘iston)
-54 kg: Sobirjon Tastanov - Vyacheslav Rogozin (Rossiya)
-75 kg: Jafarbek Shahbozov - Refukaiti Rexemuijang (Xitoy)
-86 kg: Akmaljon Isroilov - Mixail Dovd (IBA)
+92 kg: Shahzod Polvonov - Aslan Yeldibayuli (Qozog‘iston)
+81 kg: Sobiraxon Shahobiddinova - Sofiya Dushina (Rossiya)
-57 kg: Samandar Olimov - Janseri Kosherbayev (Qozog‘iston)
-63.5 kg: Abdulaziz Jo‘raqulov - Rafayel Nersisyan (Armaniston)
-71 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Oner Seilxan (Qozog‘iston)
-92 kg: Halimjon Mamasoliyev - Rassul Assanxanov (Qozog‘iston)