Ahroljon Ro‘ziyev yana 4 yil muddatga UWW vitse-prezidenti etib saylandi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha noolimpiya vazn toifasidagi jahon chempionati doirasida Birlashgan kurash dunyosi (UWW)ning yangi saylangan byuro yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot rahbariyati qayta shakllantirib olindi.
Ahamiyatlisi, uzoq yillardan beri UWW vitse-prezidenti vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yurtdoshimiz, pedagogika fanlari doktori, professor Axroljon Ro‘ziyev yana 4 yil muddatga ushbu lavozimda ishlaydigan bo‘ldi. Shuningdek, Mixail Mamiashvili va Natalya Yarыgina (Rossiya), Teodoras Xamakos (Gretsiya), Rodik Yakshi (Tursiya) hamda Fuad Meskut (Marokash) ham tashkilot vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borishadi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Axroljon Ahmedovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga saylangani bilan muborakbod etib, unga oldindagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.