4 Iyul 2021 2049

O‘zbek bokschilari Tokioga yo‘l olishdi

Yana 19 kundan so‘ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida uzoq kutilgan Olimpiya o‘yinlari start oladi.

Olimpiadada qatnashadigan o‘zbekistonlik bokschilar anʼanaga ko‘ra, tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini musobaqa o‘tkaziladigan manzil – Yaponiyaning o‘zida olib borishadi.

Marat Qurbonov boshchiligidagi charm qo‘lqop ustalarimiz birozdan so‘ng Toshkent xalqaro aeroportidan Yaponiyaga parvoz qilishadi. Bokschilarimiz uchta tarkib bilan Tokioning o‘zida tayyorgarlikni olib borishadi.

Terma jamoamiz bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo‘yildi. Ularga aeroportda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, shuningdek O‘zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev ham omad tilashdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek bokschilari Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etishadi:

Erkaklar:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:

-51 kg: Tursunoy Rahimova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-69 kg: Shahnoza Yunusova

Maʼlumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi.

Text to speech