Merganlarimiz Qozogʻistonda oltita medalga sazovor boʻlishdi
20-28-oktyabr kunlari Qozogʻistonning Chimkent shahrida oʻq otish sporti boʻyicha xalqaro xotira turniri boʻlib oʻtdi. 6 mamlakatdan 190 nafar mergan qatnashgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Batafsil:
Oltin medal:
Vladimir Svechnikov (10 metrdan pnevmatik toʻpponchadan otish, kattalar)
Kumush medal:
Dilafroʻz Qobiljonova (10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, yoshlar)
Bronza medal:
Javohir Sohibov (10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, kattalar)
Dilafroʻz Qobiljonova (10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, kattalar)
Ilhombek Obidjonov (10 metrdan pnevmatik toʻpponchadan otish, yoshlar)
Iroda Azimboyeva (10 metrdan pnevmatik toʻpponchadan otish, yoshlar)