Navbat kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga
Albaniya poytaxti Tirana shahrida sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi kun dasturida bronza medali uchun kurashgan erkin kurashchimiz Umidjon Jalolov qirg‘izistonlik Bilol Sharipuluga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur yosh toifasidagi dunyo birinchiligini "klassik" kurashchimiz Alisher G‘aniyevning g‘alabasi evaziga 1 ta oltin medal bilan yakunladi.
Bugundan ushbu shaharning o‘zida kattalar o‘rtasida noolimpiya vazn toifalaridagi jahon chempionati start oladi. Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar a’zosi ishtirok etadi. Bugun quyidagi 2 nafar yunon-rum kurashchimiz medallar uchun saralashda gilamga chiqadilar:
-72 kg: Abdullo Aliyev – Iriskeldi Hamzayev (Qirg‘iziston)
-82 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Karen Xachatryan (Armaniston)