27 Oktyabr 2024 313

Shohruh Davlatov mamlakat rekordini yangiladi

Bugun Ispaniyaning Valensiya shahrida “Medio Maratón Valencia Trinidad Alfonso Zurich” xalqaro yarim marafoni oʻtkazildi. Ma’lum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov ishtirok etib, mamlakat rekordini yangiladi.

Qayd etish joiz, ushbu shaharda tashkil etiladigan yarim marafon dunyodagi eng yuqori vaqt koʻrsatiladigan musobaqa hisoblanadi. Boisi, soʻnggi 10 jahon rekordidan 8 tasi ushbu manzilda qayd etilgan. Bu yilgi yarim marafonda sayyoramizning 120 mamlakatidan 25 000 nafar ishtirokchi startga chiqdi.

Yurtdoshimiz Shohruh Davlatov 21 kmdan ziyodroq masofani 1:01.48 soatda bosib oʻtib, mamlakat rekordini yangiladi. Bu avvalgi rekorddan 1 daqiqa, 45 soniyaga yaxshiroq koʻrsatkich boʻldi. Yakunda ushbu natija bilan Davlatov 24-boʻlib marraga yetib keldi.

Text to speech