4 Iyul 2021 2011

G‘azalkentda eshkak eshuvchilarimizning yig‘ini qizg‘in o‘tmoqda

Toshkent viloyatining G‘azalkent shahrida joylashgan “Qaldirg‘och” bazasida eshkak eshish sport turlari bo‘yicha terma jamoamizning Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarligi qizg‘in davom etmoqda. Yig‘inga 30 nafardan ortiq sportchi jalb etilgan bo‘lib, asosiy tayyorgarlik yana 19 kundan so‘ng start oladigan Olimpiya o‘yinlariga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, eshkak eshish sport turlarida Olimpiya o‘yinlariga 6 ta yo‘llanma qo‘lga kiritilgan bo‘lib, litsenziatlarimiz ushbu bazada 16 iyulga qadar tayyorgarlikni davom ettirishadi. Shuningdek, para-kanoechilarimiz ham mazkur yig‘inga jalb qilingan. Paralimpiya litsenziatlari rejaga ko‘ra 24 avgustgacha yig‘in o‘tkazishadi. Taʼkidlash joiz, ushbu mashg‘ulotlar litsenziatlarimiz uchun Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab bersa, qolgan vakillarimiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari va boshqa yirik musobaqalarga qaratilgan.

Text to speech