25 Oktyabr 2024 139

Chavandozlarimiz xalqaro musobaqada sovrindor boʻlishdi

Ma’lum qilganimizdek, Toshkentda konkur boʻyicha “FEI World Jumping Challenge” turniri oʻtkazilmoqda. Ortda qolgan kun sportchilar 115 va 120 sm balandlikdagi toʻsiqlarsan sakrash boʻyicha bahs olib borishdi. Unga koʻra, quyidagi chavandozlar sovrinli oʻrinlardan joy olishdi:

115 sm:
1. Giorgiya Iyeromazzo (Dominikan Respublikasi, “Jangcy L” laqabli otda)
2. Kristi Neyr (Singapur, “La-Luna”)
3. Abdushukur Sobirjonov (Oʻzbekiston, “Elis-G”)

120 sm:
1. Giorgiya Iyeromazzo (Dominikan Respublikasi, “Jangcy L”)
2. Gabriel Flaven (Mavritaniya, “Arbat”)
3. Viktoriya Greyvenshteyn (JAR, “Jodcasall A-Z”)

Text to speech