2 Iyul 2021 1823

Sportchilarimiz salomatligi Milliy Оlimpiya qo‘mitasi nazoratida

Milliy Оlimpiya qo‘mitasi Respublika sport bazalarida mashg‘ulotlar olib borayotgan atletlarimizning salomatligini tekshirishda davom etadi.

Maʼlumki, ayni paytda asosiy terma jamoalarimiz Yangiobod va Dukent o‘quv bazalarida shug‘ullanishmoqda. U yerda taekvondo, paralimpiya, sport kurashlari, qilichboz va bokschilarimizni uchratishimiz mumkin.

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi vakillari har kuni sportchilarimizning salomatligini ko‘zdan kechirish qatorida, ulardan PZR test sinovlarini olishmoqda. Kuniga kamida ikki mahaldan tana haroratlari o‘lchanib, salomatliklari bilan bog‘liq barcha jarayonlar ko‘zdan kechirilmoqda.

O‘z navbatida federatsiyalar shifokorlari bilan suhbatda, hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda yangicha talablarga rioya qilish, ijtimoiy masofaga rioya qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.

Text to speech