23 Oktyabr 2024 190

Toshkentda konkur boʻyicha xalqaro musobaqa boshlandi

Bugun Toshkentda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Jumping world challenge final” turniri boshlandi. “Universal horses stable” majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqada 11 davlatdan tashrif buyurgan mohir chavandozlar bahs olib borishadi.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Shundan soʻng balandligi 115 sm boʻlgan toʻsiqlardan sakrash boʻyicha dastlabki bahslarga start berildi. Xalqaro turnir tafsilotlari bilan keyingi xabarlarimizda tanishtiramiz.

Text to speech