4 Oktyabr 2024 54

2024-yilning III choragida MOQ uchun ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2024-yilning III choragi davomida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan 20 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablagʻlardan mahalliy hamda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik taʼminoti bilan bogʻliq hamda federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari moliyalashtirildi.

2024-yil 3-chorak

Text to speech