22 Oktyabr 2024
285
Sablyachi qizlarimiz Jahon kubogi bosqichida qatnashish uchun Koreyaga joʻnab ketishdi
1-2-noyabr kunlari Koreya Respublikasining Pusan shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Qizlar o‘rtasidagi ushbu musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Koreyaga yo‘l olishdi.
Terma jamoamiz tarkibida yoshlar o‘rtasidagi jahon reytingini boshqarib kelayotgan hamyurtimiz Fernanda Errera, qolaversa, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova, Nargiza Jaksibayeva hamda Ayako‘z Jumamuratova kabi nomlarni uchratish mumkin. Dasturga ko‘ra, 1-noyabr kuni yakkalik, 2-noyabr sanasida jamoaviy dasturdagi bahslar bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, qizlarimiz jamoaviy dasturda jahon reytingi yetakchisi sifatida ishtirok etishadi.