Yosh kurashchimiz jahon chempionati finalida!
Albaniyada sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatining birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Quvonarlisi, -60 kg vazn toifasida kurash olib borgan yurtdoshimiz Alisher G‘aniyev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Bugun u neytral maqomda kurashayotgan Dinislam Bammatov bilan chempionlik uchun kurash olib boradi. Afsuski, saralashda imkoniyatni boy bergan Abror Atabayev (-72 kg) hamda Samandar Bobonazarov (-82 kg) medallar uchun kurashish imkoniyatini boy berishdi.
Final:
-60 kg: Alisher G‘aniyev – Dinislam Bammatov (Neytral sportchi)
Bugun o‘tkaziladigan saralash bahslarida yana bir yurtdoshimiz ishtirokini boshlaydi. -77 kg vazn toifasidagi bahslarda Doniyorxon Nakibov norvegiyalik Lyudvig Xatlandga qarshi gilamga chiqadi.
Saralash:
-77 kg: Doniyorxon Nakibov – Lyudvig Xatland (Norvegiya)