2 Iyul 2021
2004
Koronavirusga qarshi emlash davom etmoqda: bu safar bokschilarimiz vaksina olishdi
Tokio Olimpiadasida qatnashadigan sportchilarimizni koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda.
Bungacha bir necha sport turi bo‘yicha vakillarimiz koronavirusga qarshi emlanishdi.
Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari vaksina olishdi.
Charm qo‘lqop ustalarimiz bungacha birinchi bosqich doirasida emlanishgandi. 4 iyul kuni Tokioga jo‘nab ketadigan bokschilarimizga nisbatan bugun vaksinatsiya jarayonining ikkinchi bosqichi amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston boks terma jamoasining 11 nafar aʼzosi ishtirok etadi. Ularning 8 nafari erkaklar, yana 3 nafari esa qizlardir.