20 Oktyabr 2024
215
Shohruh Davlatov Keniyada shugʻullanmoqda
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov yana Keniyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Hamyurtimiz Iten shaharda noyabr oyining soʻnggiga qadar shugʻullanadi.
Rejaga koʻra, Davlatov 27-oktyabr kuni Valensiyada oʻtadigan nufuzli yarim marafon turnirida startga chiqadi. Shundan soʻng yana Keniyada tayyorgarlikni davom ettiradi. Atletimiz 27-noyabr kuni Itendagi soʻnggi mashgʻulotni oʻtkazib, yana Valensiyaga yoʻl oladi. U yerda hamyurtimiz 1-dekabrga belgilangan “platinum” darajasidagi marafonda qatnashadi.