20 Oktyabr 2024 297

Joriy hafta oʻzbekistonlik konkurchilar uchun qator yangiliklarga boy boʻldi

Jumladan, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Umidjon Kamilov (“Karissina” laqabli otda) Rossiyada oʻtkazilgan “Maksima Park” kubogining final bosqichida qatnashib, 115 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Konkur faxriysi, xalqaro toifadagi sport ustasi Davrjon Roʻzmuhammedov (“Mr.Emerald”) esa Belgiyada tashkil etilgan faxriylar oʻrtasidagi xalqaro turnirda uchinchi oʻrinni egalladi.

Shuningdek, 17-18-19-oktyabr kunlari poytaxtimizdagi “Universal Jamping Agro” majmuasida Oʻzbekiston kubogi bahslari oʻtkazildi. Respublikamizning eng nomdor chavandozlari ishtirokidagi bahslar yakunida oʻz dasturida shohsupaga koʻtarilgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Text to speech