19 Oktyabr 2024 272

Ogʻir atletikachilarimiz Chirchiq yigʻinida

Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mashgʻulotlar terma jamoaning Chirchiqdagi bazasida tashkil etilyapti.

Bosh murabbiy Bahrom Mendiboyevga koʻra, koʻp bosqichli yigʻin ikkinchi bosqichiga yetib kelgan boʻlib, sportchilar umumiy jismoniy tayyorgarlikdan soʻng maxsus bazaviy texnikalar ustida ishlashmoqda. Eslatib oʻtamiz, mazkur tayyorgarlik dekabr oyida Bahrayn mezbonlik qiladigan dunyo birinchiligiga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.

Text to speech