19 Oktyabr 2024 182

Ruslan Chagayevni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek boksining taniqli vakillaridan biri, havaskor va professional boks boʻyicha jahon chempioni, “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Ruslan Chagayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ruslan Shamilovichni tugʻilgan kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech