18 Oktyabr 2024 368

Harbiy dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida tengsiz boʻlishdi

Toshkentda oʻtayotgan dzyudo boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatida yakkalik bahslari ortda qoldi. Murosasiz kechgan ikkinchi kun bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin va 2 ta kumush medallariga sazovor boʻlishdi.

 Oltin medal:
-81 kg: Hikmatilloh Toʻrayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

 Kumush medal:
-81 kg: Muso Sobirov
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Shu tariqa, hamyurtlarimiz yakkalik bahslarini 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umunjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi. Bugun jamoaviy dasturdan oʻrin olgan bellashuvlar oʻtkaziladi.

Text to speech