17 Oktyabr 2024 73

Bokschi qizlarimiz Yangiobod yigʻinida

Boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Yangiobodda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini davom ettirmoqda. 5-oktyabrda boshlangan mazkur yigʻin 20-oktyabrda yakuniga yetadi.

Bosh murabbiy Elshod Rasulovning taʼkidlashicha, mashgʻulotlarda sportchilarimizning texnikasini kuchaytirish va maxsus kombinatsiyalarga eʼtibor qaratilmoqda. Mazkur yigʻin 28-noyabr – 12-dekabr kunlari Iordaniyada oʻtadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech