17 Oktyabr 2024 476

Harbiy dzyudochilarimiz jahon chempionatini sakkizta medal bilan boshlashdi

Maʼlum qilganimizdek, Toshkentda dzyudo boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Birinchi kun kechki dasturdan oʻrin olgan final bellashuvlaridan avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov soʻz olib, mamlakatimizda birinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Marosimning badiiy qismidan keyin medallar uchun bellashuvlarga start berildi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Batafsil:

 Oltin medal:
-52 kg: Gulhayo Jo'rayeva
-73 kg: Shahram Ahadov

 Kumush medal:
-48 kg: Halima Qurbonova
-63 kg: Nigina Saparbayeva
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev

 Bronza medal:
-48 kg: Laziza Haydarova
-57 kg: Nilufar Yermaganbetova
-60 kg: Bahrom Boturov

Bugun erkaklar oʻrtasida -81, -90, -100 va +100, ayollar oʻrtasida esa -70, -78 va +78 kg vazn toifalaridagi bahslar tashkil etiladi.

Text to speech