16 Oktyabr 2024 152

Toshkentda dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start berildi

Toshkentda dzyudo boʻyicha harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionati bellashuvlari boshlandi. Yurtimiz ilk bor mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqa “Yunusobod sport majmuasi”da tashkil etilmoqda.

Dasturga koʻra, bugun erkaklar oʻrtasida -60, -66 va -73 kg, ayollar oʻrtasida esa -48, -52, -57 va -63 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu dunyo birinchiligida 30 dan ortiq mamlakatdan 400 nafarga yaqin harbiy dzyudochi ishtirok etyapti.

Text to speech