14 Oktyabr 2024 91

Yosh voleybolchilarimiz xalqaro turnirda gʻalaba qozonishdi

Yakuniga yetgan hafta davomida Shri-Lankaning Kolombo shahrida voleybol boʻyicha “CAVA U20 Menʼs Volleyball Championship 2024” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston erkaklar jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Musobaqada Qirgʻiziston, Nepal, Turkmaniston, Maldiv orollari, Shri-Lanka va Oʻzbekiston jamoalari bahs olib borishdi. Final bosqichida yurtdoshlarimiz mezbon voleybolchilarni 3:1 hisobida dogʻda qoldirib, birinchi oʻrinni egallashdi.

Qayd etish joiz, turnir yakunida hamyurtlarimiz Ogʻabey Haydarov “Eng yaxshi oʻyinchi”, Mirziyod Murodov “Eng yaxshi toʻp uzatuvchi”, Saidjamol Mirobidinov esa “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalarida tengsiz deb topilishdi.

Text to speech