Harbiylar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida qatnashadigan dzyudochilarimiz tarkibi aniq
16-18 oktyabr kunlari Toshkentda dzyudo bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi 42-jahon chempionati bahslari tashkil etiladi. Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada sayyoramizning eng kuchli harbiy dzyudochilari bahs olib borishadi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mazkur musobaqada qatnashadigan sportchilarimiz nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bo‘lajak bahslarda 18 nafar dzyudochi yurtimiz sharafini himoya qiladi. To‘liq tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Abdurahim Nutfullayev
-73 kg: Shahram Ahadov
-81 kg: Muso Sobirov
-81 kg: Hikmatulloh To‘rayev
-100 kg: Rustam Shorahmatov
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Yermaganbetova
-63 kg: Nigina Saparbayeva
-70 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
-78 kg: Mushtariybegim Afzalova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva