13 Oktyabr 2024 198

Dzyudochilarimiz Abu-Dabi katta dubulg‘a turnirini ikkita medal bilan yakunlashdi

BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulg’a” turniri oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida ogʻir vazn toifalaridagi bahslar tashkil etildi.

Bugun yurtdoshlarimizdan +100 kg vaznda kurashgan Oʻtkirbek Toʻraboyev bronza medali sohibiga aylandi. Polvonimiz uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda neytral maqomdagi atlet Tamerlan Bashayevdan ustun keldi va ilk bor mazkur tasnifdagi turnirda medal qoʻlga kiritdi.

Shu tariqa, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu musobaqani 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Eslatib oʻtamiz, turnirning ilk kunida Muhriddin Tilovov (-66 kg) ham shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan edi.

Text to speech