13 Oktyabr 2024 123

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi boʻlishdi

Samarqandda akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning ikkinchi kunida ham Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

 Oltin medal:
M2-: D.Xudoyberdiyev, F.Karimov
M8+: A.Turdiyev, D.Xudoyberdiyev, Sh.Hamdamov, Ye.Agafonov, F.Oblaqulov, D.Davronov, F.Karimov, S.Hamroqulov

 Kumush medal:
W2x: A.Prakaten, M.Tagmatova
M1x: M.Mamatqulov
M4x: J.Turgʻunov, Sh.Xolmurzayev, M.Mamatqulov, S.Safaraliyev

 Bronza medal:
W8+: S.Abdurashidova, B.Sattorova, R.Karimova, R.Sattorova, V.Peregudova, S.Qoʻzimurodova, O.Sattorova, A.Smetullayeva
LW4x: Sh.Rahmonqulova, A.Drasutite, Sh.Joʻraboyeva, Ye.Solovyova

Shu tariqa, sportchilarimiz mazkur qit’a birinchiligini 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan soʻng ikkinchi oʻrinda yakunlashdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu musobaqada qoʻlga kiritilgan natijalar bilan mamlakat Rowing&Canoe federatsiyasi, sportchi va murabbiylarni qutlaydi.

Text to speech