13 Oktyabr 2024
266
Yosh triatlonchimiz Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi
Bugun Gonkongda triatlon boʻyicha U15 va U17 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, U17 yoʻnalishidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Diana Bektemirova kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Mazkur dasturda sportchilar 375 metrga suzish, 9 km velopoyga va 2,5 kmga yugurish boʻyicha kuch sinashishdi. Bellashuvda Yaponiya vakilasiga oltin medal nasib etgan boʻlsa, mezbon atlet kuchli uchlikni yakunlab berdi.