13 Oktyabr 2024 170

Abu-Dabida ogʻir vaznli polvonlar bahsi

Bugun BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turniri oʻz yakuniga yetadi. Musobaqaning soʻnggi kun bellashuvlarida Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar sportchisi medallar uchun kurash olib boradi. Yurtdoshlarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:

-90 kg: Nurbek Murtozoyev – Ken Dachazin (Filippin)
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov – Mixail Latisev (Moldova)
-100 kg: Zufarbek Oʻrolov – Niyaz Bilalov (Neytral sportchi)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev – Jahongir Majidov (Tojikiston)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov – Tamerlan Bashayev (Neytral sportchi)
+100 kg: Oʻtkirbek Toʻraboyev – Madi Yedilbayev (Qozogʻiston)
+78 kg: Fotima Quramboyeva – Karen Stivensen (Niderlandiya)
+78 kg: Durdona Nizomaddinova – Karolayn Xayme (Fransiya)

Text to speech