12 Oktyabr 2024 79

Abu-Dabida toʻrt nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz

Bugun dzyudo bo‘yicha Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turnirining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kun dasturida o‘rta vazn toifasidagi bellashuvlar tashkil etilib, unda 4 nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib boradi. Yurtdoshlarimiz va ularning ilk raqiblari bilan tanishing:

-73 kg: Shavkat Saitqulov – Karen Galstyan (Neytral sportchi)
-73 kg: Muhriddin G‘iyosov – Yermek Amangeldi (Qozog‘iston)
-81 kg: Suhrob Tursunov – Dimitri Gochiladze (Gruziya)
-81 kg: Zulfiddin Usmonov – Jon Ferrer (Filippin)

Text to speech