1 Iyul 2021 1945

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Samarqandda mini-futbol g‘olibi aniqlandi

Respublikamiz bo‘ylab “Sportni sev, sport bilan yasha!” ommaviy musobaqasi davom etmoqda. Ortda qolgan iyun oyida Samarqandda mini-futbol oyligi o‘tkazildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, iyun oyi davomida viloyatning 607 mahallasidan 10 ming nafardan ortiq yoshlar mazkur musobaqada ishtirok etishdi. Samarqand shahrida o‘tgan final bosqichida ularning eng kuchlilari g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Uchinchi o‘rin mezbon jamoaga nasib etdi. Bosh sovrin uchun kechgan bellashuvda Ishtixon va Urgut jamoalari to‘qnash kelishdi. Shiddatli kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvda ishtixonlik yoshlarning qo‘li baland keldi.

“Sportni sev, sport bilan yasha!”

Mini-futbol, Samarqand viloyati

1. Ishtixon tumani

2. Urgut tumani

3. Samarqand shahar

Reglamentga ko‘ra, kelgusi oy samarqandlik yoshlar shaxmat-shashka yo‘nalishida bellashadilar.

Text to speech