11 Oktyabr 2024 73

Akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionatining 2-kuni yakunlandi

Samarqandda oʻtayotgan akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Dasturga muvofiq, ushbu kunda ham saralash bosqichidan oʻrin olgan bahslar oʻtkazildi.

Quvonarlisi, bugun ham startga chiqqan 9 ekipajdagi hamyurtlarimizning barchasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, A finaliga yoʻllanma olishdi. Endi ular 12 va 13-oktyabr dasturidan oʻrin olgan poygalarda medallar uchun kurash olib borishadi.

Text to speech