11 Oktyabr 2024 74

Muhriddin Tilovov Abu-Dabi “Katta dubulgʻa” turniri sovrindori

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Abu-Dabi “Katta dubulgʻa” turniridagi ilk medalini qoʻlga kiritdi. -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Muhriddin Tilovov bronza medali sohibiga aylandi.

Polvonimiz yarim finalgacha boʻlgan yoʻlni muvaffaqiyatli bosib oʻtdi. Biroq final ostonasida neytral sportchi Murad Chopanovga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi oʻrin uchun bellashuvda u yaponiyalik Takeshi Takeokadan ustun kelib, oʻz nomini sovrindorlar qatoriga qoʻshib qoʻydi.

Text to speech