10 Oktyabr 2024 295

Samarqandda akademik eshkak eshish bo‘yicha qitʼa birinchiligi start oldi

Samarqandda akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boshlandi. Qitʼamizning 13 mamlakatidan 250 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqada bugun kun davomida saralash bahslari tashkil etildi.

Ayni paytgacha hamyurtlarimiz birinchi kun dasturidagi ishtiroklarini yakunlashdi va 9 dasturda saralash bahslarini oʻtkazishdi. Quvonarlisi, unda startga chiqqan barcha yurtdoshlarimiz 12-oktyabr kuni A finalida medallar uchun kurash olib boradigan boʻlishdi.

Text to speech