Yigitlarimizda mag‘lubiyat
Astanada stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Unda yigitlarimiz jamoaviy dasturda Shri-Lankani 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, 17-pogʻonada ishtiroklarini yakunlashdi.
Afsuski, juftlik dasturi ular uchun omadsiz oʻtdi. Chempionatda qatnashgan har ikki juftligimiz, shuningdek, mikst dasturidagi stol tennischilarimiz ham imkoniyatni boy berishdi. Qizlarimizdan N.Tojixonova / A.Hasanova tandemi dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Endi ular ertaga S.Oda / S.Yoko (Yaponiya) juftligiga qarshi bahs olib borishadi. M.Magdiyeva / A.Kamalova esa A.Muxerji / S.Muxerji (Hindiston) juftligi bilan kuch sinashadi.
Bugun kun davomida hamyurtlarimiz yakkalik dasturida dastlabki saralash bosqichidagi ishtiroklarini oʻtkazishadi.