9 Oktyabr 2024 144

Stol tennischi qizlarimiz Osiyo chempionatida o‘n ikkinchi bo‘lishdi

Qozogʻistonda oʻtayotgan stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati qizgʻin davom etmoqda. Ortda qolgan kun qizlarimiz jamoaviy dasturdagi ishtiroklarini yakunlashdi.

11-14-pogʻonalar uchun kechgan bellashuvda hamyurtlarimiz dastlab mezbonlarni 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. 11-oʻrin egasi aniqlangan bahsda Malayziya 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va qizlarimiz mazkur yoʻnalishda 12-boʻlishdi. Yigitlarimiz esa bugun 17-oʻrin uchun Shri-Lankaga qarshi oʻyin oʻtkazishadi. Shuningdek, kun davomida hamyurtlarimiz mikst va juftlik dasturlarida saralash bahslarini boshlashadi.

Kunning eng shov-shuvli yangiligi 14 yoshli eronlik stol tennischi Benyamin Faraji jamoaviy dasturda xitoylik jahon reytingi yetakchisi Chutsin Vanni magʻlubiyatga uchratgani boʻldi.

Text to speech