8 Oktyabr 2024
341
Astanada stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda
Shu kunlarda Qozogʻistonning Astana shahrida stol tennisi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqaning ilk kunida jamoaviy dasturda guruh bosqichidan oʻrin olgan bahslar oʻtkazildi.
Unda 1 gʻalaba va 1 magʻlubiyatli oʻyin oʻtkazgan yigitlarimiz ham, 2 gʻalaba va 1 magʻlubiyat qayd etgan qizlarimiz ham oʻz guruhlarida ikkinchi oʻrinni egallashdi. Afsuski, ushbu natija medallar uchun kurashni davom ettirishga yetarli boʻlmadi. Endi sportchilarimiz jamoaviy dasturda 11 va 13-oʻrinlar uchun kurashishadi.
Taqvimga koʻra, sportchilarimiz 9-oktyabrdan juftlik va mikst, 11-oktyabrdan yakkalik yoʻnalishlaridagi ishtiroklari bilan musobaqani davom ettirishadi.