7 Oktyabr 2024 322

Toshkent-2025: Milliy Olimpiya qoʻmitasida federatsiya masʼullari va direksiya xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazildi

Bugun Toshkent-2025 yoshlar Osiyo oʻyinlariga kiritilishi koʻzda tutilgan sport turlari va dasturlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, Sport vazirligi, federatsiya va assotsiatsiyalar masʼullari, Oʻyinlar direksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Oybek Omilovich ishga masʼuliyat bilan yondashayotgan barchaga minnatdorchilik bildirib, jarayonning katta qismi ortda qolgani, Oʻyinlar taqvimining loyihasi ancha shakllantirib olingani haqida aytib oʻtdi. Oʻz navbatida, Sherzod Rixsibayevich bor eʼtibor tayyorgarlik rejasini puxta ishlab chiqish va saralab olinayotgan nomzodlarga koʻproq ahamiyat berishga qaratilishini qoʻshimcha qildi.

Yigʻilish davomida federatsiya vakillari bilan Oʻyinlar dasturidan joy olayotgan yoʻnalishlar, ularda ishtirok etishi kutilayotgan sportchilar roʻyxatini shakllantirish, har bir sport turidagi yosh toifalarini yana bir karra koʻrib chiqish boʻyicha atroflicha fikr almashildi. Rasmiylar davlatimiz terma jamoalarning tayyorgarligi uchun hamma sharoitlarni yaratib berishi, bunga mos ravishda yosh atletlarimiz muhim gʻalabalarni qoʻlga kiritishlari zarurligini bildirdilar.

Text to speech