1 Iyul 2021 1621

Charos Qayumovani tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Charos Qayumova tavallud kunini nishonlamoqda.

Charos Qayumova 1999 yil 1 iyul kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Taekvondo WT bo‘yicha 2019 yil Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan Butunjahon armiya o‘yinlari g‘olibi. Joriy yil Livanda o‘tkazilgan Osiyo chempionati hamda “Beyrut open” xalqaro musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qayumova Osiyo o‘yinlari, jahon chempionati va boshqa bir qator nufuzli musobaqalarda terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi taekvondochimizni tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech