6 Oktyabr 2024 379

Taekvondochilarimizdan yana bir tarixiy natija

Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati hamyurtlarimiz uchun yakunlandi. Dunyoning eng kuchli yosh taekvondochilari oʻrtasida kechgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

 Oltin medal:
-45 kg: Dilmurod Maʼrufjonov

 Bronza medal:
-48 kg: Behruz Salimov

Qayd etish joiz, ushbu musobaqa oʻzbek taekvondosi uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. Boisi, mazkur yosh toifasidagi dunyo birinchiliklarida oʻzbekistonlik sportchilar hali oltin medalga sazovor boʻlishmagan edi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakat taekvondo assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarni ushbu musobaqada qoʻlga kiritilgan natija bilan samimiy qutlaydi.

Text to speech