3 Oktyabr 2024 113

Dushanbedan yana bir xushxabar

Dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasida kechayotgan jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi ikkinchi bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ushbu muvaffaqiyatga -73 kg vazn toifasida kurashgan hamyurtimiz Mardon Ravshanov erishdi. Yarim finalda yaponiyalik raqibiga imkoniyatni boy bergan Ravshanov bronza medali uchun bellashuvda italiyalik Manuel Parlatidan ustun kelib, shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Text to speech