2 Oktyabr 2024
430
Yosh dzyudochimiz jahon chempionatida sovrindor boʻldi
Bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati start oldi. Quvonarlisi, ilk kundayoq Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga bronza medali yozildi.
-60 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Murodil Murodillayev shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Yarim finalda mezbon sportchiga imkoniyatni boy bergan yurtdoshimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda AQSh vakili Jonatan Yangni magʻluboyatga uchratib, oʻz nomini sovrindorlar qatoriga qoʻshib qoʻydi.