2 Oktyabr 2024 97

Taekvondochimiz Dilmurod Ma’rufjonov jahon chempionatida oltin medalga sazovor boʻldi!

Koreya Republikasining Chuncheon shahrida oʻtkazilayotgan taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga ega chiqdi. -45 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz Dilmurod Ma’rufjonov oltin medalga sazovor boʻldi.

Hamyurtimiz murosasiz kechgan final bahsida meksikalik Xuan Rodrigesni 2:0 (18:15, 14:6) hisobida magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Musobaqada ishtirok etayotgan qolgan sportchilarimizga ham mana shunday muvaffaqiyat tilab qolamiz. Barakalla, Dilmurod!

Text to speech