2 Oktyabr 2024
332
“Toshkent yoʻlbarsi” Rufat Risqiyev 75 yoshda!
Bugun oʻzbek boksining yorqin vakili, “Toshkent yoʻlbarsi” nomi bilan shuhrat qozongan afsona, Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionatlarida shohsupaga koʻtarilgan ilk oʻzbek bokschisi, xususan, Monreal-1976 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi, 1974-yil Kubada oʻtgan jahon chempionati gʻolibi, “Doʻstlik” ordeni sohibi Rufat Risqiyev tugʻilgan kunini nishonlamoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rufat Asadovichni tavallud ayyomi bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.