1 Oktyabr 2024
145
Qadrli ustoz va murabbiylar,
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Siz azizlarni bugungi sharafli kasb bayramingiz bilan samimiy qutlaydi. Bugun oʻzbek sportchilari xalqaro maydonda erishayotgan tarixiy gʻalabalarda, shubhasiz, Sizlarning ham beqiyos xizmatlaringiz bor. Yurtimiz sportining ravnaqi yoʻlida olib borayotgan mashaqqatli faoliyatingizda barchangizga kuch-quvvat, sihat-salomatlik va omad tilab qolamiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!