Bayram arafasi ustozlarga ehtirom koʻrsatildi
Poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 1-oktyabr — "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (ROPSTTM) ustoz hamda murabbiylarini taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda Sport vaziri oʻrinbosari Shahrillo Mahmudov, Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, vazir maslahatchilari Avazjon Karimov va Sharifjon Moʻmindjonov, ROPSTTM ustozlari, shuningdek, ushbu dargohda ta’lim olgan taniqli sportchilarimiz ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻz olgan rasmiylar soha vakillarini yaqinlashib kelayotgan ayyom bilan qutlab, atletlarimizning bugungi gʻalabalarida murabbiylarning oʻrni haqida alohida toʻxtalishdi. Yakunda sportimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan ustoz va murabbiylar bayram munosabati bilan munosib taqdirlandi.