Aram Vardanyan Bundesliga klbui bilan shartnoma imzoladi
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aram Vardanyan Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi. Unga koʻra, hamyurtimiz 2024-yil yakuniga qadar “Siegried warriors” jamoasi tarkibida sport kurashlari boʻyicha Bundesliga bahslarida qatnashadi.
Vardanyanning klubi oʻtgan hafta yakunida “KSV Witten 07” jamoasi bilan bellashib, 22:7 hisobda gʻalaba qozondi. Xususan, -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz ham muvaffaqiyatli ishtiroki bilan gʻalabaga munosib hissa qoʻshdi.
Har hafta boʻlib oʻtadigan bahslarda sportchimiz oʻzining sport formasini bir maromda ushlab turish barobarida katta tajriba orttirishi koʻzda tutilgan. Klub bilan kelishuvga koʻra, Vardanyan terma jamoadan chaqiruv boʻlganda Toshkentga qaytib keladi.