30 Iyun 2021 2028

Bir guruh spotchilarimiz “Yoshlar kuni” munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan turli sohalarda faol bo‘lgan yosh avlod vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ahamiyatlisi, ular orasida xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilarimizni ham uchratish mumkin. Jumladan quyidagi sportchilarimiz “Shuhrat” medali bilan taqdirlanishdi:

Abdullayev Gulomjon Ozodovich – Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay uli – Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Dayibekova Zaynab Kazbekovna – Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Jafarov Saidjamshid Rustam o‘g‘li – Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi, Buxoro viloyati;

Matniyazova Gulnoza Jumaboy qizi – Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Sadullayeva Safina Erkinovna – Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

Turdibekova Sitora Shavkat qizi – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi;

O‘ktamova Nigina Jasur qizi – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi aʼzosi Murodulloyev Maʼrufjon Fayzullo o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yosh sportchilarimizning muvaffaqiyatlarini yuqori baholab, mana shunday davlat mukofotlariga loyiq ko‘rgan Hukumatimiz va shaxsan yurtboshimiz, Muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga o‘z minnatdorchiligini izhor qiladi. O‘z navbatida, sportchilarimizni davlatimiz rahbarining yuksak eʼtirofi bilan tabriklaydi va oldinda turgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ularga ulkan g‘alabalar tilab qoladi!

Text to speech